nazirov.dev

Timeline

Tajriba

  1. 2025-yil iyul — hozirgi

    Carplus

    Full-stack developer (asosan frontend)

    Buyuk Britaniya / Toshkent

    • Carplus — Buyuk Britaniyada avtomobil moliyalashtirish (avtokredit/lizing) sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yetakchi brokerlik kompaniyalaridan biri. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz beruvchi (lender) emas, balki xaridor va moliyaviy tashkilotlar (banklar/kreditorlar) o‘rtasida vositachilik qiladi.
    • Carplusga Full-stack vakansiya bo‘yicha kelgan bo‘lsa ham, asosan frontend bo‘yicha ishlaganman. Butun ishim davomida kompaniyaning asosiy frontend dasturchisi bo‘lganman.
    • Kompaniya asosiy sayti - carplus.co.uk, shuningdek pcp.carplus.co.uk, coversimple.co.uk, carboom.co.uk va yana o‘nlab saytlar uchun frontendni to‘liq o‘zim qilganman.
    • Bu yerda Next.js, Hono, Bun, deployment, telegram botlar, telegram mini applar va boshqa texnologiyalar bo‘yicha darajam oshdi. Shuningdek 500+ sahifali sayt, A/B testing, SEO, AI agentlar bilan ishlash, marketing, katta ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha yaxshi darajada rivojlandim.
  2. 2022-yil aprel — 2025-yil sentabr

    Transoxania Technology Solutions

    Full-stack developer

    Toshkent

    • Web dasturlash bo‘yicha professional ishimning boshlanishi. Transoxaniaga ishga kirgan vaqtimda bilimlarim faqat nazariy, katta applar bilan tajribam yo‘q edi. Lekin 3 yillik ish davomida ancha ko‘p narsa o‘rgandim.
    • Ba’zida Frontend, ba’zida Backend va ba’zida boshqa pozitsiyalarda ishladim. Node.js, React, Next.js, Express.js, TypeScript, JavaScript va boshqa dasturlash tillari/frameworklar asosida o‘nlab web loyihalarda ishladim.
    • Web ilovalarni ishlab chiqishning barcha bosqichlari bo‘yicha ko‘nikmalarni orttirdim: autentifikatsiya/avtorizatsiya, social login, rollarni boshqarish, geolokatsiya bilan ishlash, fayllar bilan ishlash, to‘lov tizimlari (Click, Plum) bilan integratsiya, ma’lumotlar bazasining entity modelini loyihalash, government API va boshqa tashqi APIlar bilan ishlash, deployment, Jira/Bitbucket, npm paketlar yaratish va yana boshqa ko‘plab jarayon hamda texnologiyalar.
    • Muammoga mustaqil va jamoaviy yechim qidirish, code review, algoritmlar ishlab chiqish bo‘yicha bilimlarim shakllandi. Buni GitHub va LeetCode orqali tekshirish mumkin.
  3. 2021-yil dekabr

    Digitalgov Innovation Hub

    Mentor

    Toshkent

    • Maktab o‘qituvchilariga C++ va dasturlash asoslaridan kurs o‘tdim.
    • Bir oylik shartnoma asosida ishga kirdim. Afsuski, darslar faqat 1 oy uchun mo‘ljallangan edi.
  4. 2018 — 2022

    Universitet

    Bakalavr — axborot xavfsizligi

    Toshkent

    • 2018-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetida axborot xavfsizligi yo‘nalishida o‘qishga kirdim.
    • Dasturlashga yaqin soha bo‘lgani uchun dasturlashni univerda boshlaganman. C++, Python va web dasturlash asoslari.
    • 2019-yildan kod yozishga jiddiyroq o‘tdim. Lekin 2021-yilga kelibgina professional ish boshlandi.
    • 4-kursda Digitalgov kompaniyasida ishladim, va 4-kursni o‘zida keyingi ishxonam Transoxaniada ish boshladim.